O‘zDJTUning MDLU va BDChTU bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limida “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchilari Madaminova N.R., Alimardanova Sh.A. va Galyamova A.R. tomonidan “Yosh tilshunos”  ilmiy to‘garagi doirasida muhim seminar tashkil etildi.

 Seminar “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchilari — Madaminova N.R., Alimardanova Sh.A. va Galyamova A.R. tomonidan “Kurs ishining tuzilishi va xususiyatlari” mavzusida olib borildi.

 Tadbir davomida:

• kurs ishining mazmuni va tuzilishi
• ilmiy ish yozish talablari
• rasmiylashtirish qoidalari
• ilmiy manbalar bilan ishlash usullari

haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 

 

 Seminar yakunida talabalar o‘z savollariga javob oldilar hamda amaliy va interaktiv topshiriqlar orqali bilimlarini mustahkamlashdi.

Ushbu seminar talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish va ularda kurs ishini yozish bo‘yicha zarur akademik ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube