OʻzDJTUda talabalar bilan professor-oʻqituvchilarning oʻrtasida muomala munosabatlarni doimo yaxshilashga alohida ahamiyat qaratiladi. 

Ayni shu maqsadda joriy yilning 11-yanvar sanasida  universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda Ingliz tili uchinchi fakulteti Yoshlar masalalari boʻyicha dekan muovini N.Kadirova va tyutorlari Sh.Hamdamova  N.Ilyasova N. Yoʻldasheva 1- bosqich talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mutaxassis talabalar bilan muloqot qilib, ulardagi adaptatsiya holati hamda imtihonlar oldi talabalar kechinmalar haqida suhbatlashdi. Shuningdek, bu borada talabalarga kerakli tavsiyalar berib oʻtildi. 

Uchrashuv talabalarga manzur boʻldi va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube