Quruqlikdagi ekotizimlarni himoyalash va tiklash, ulardan oqilona foydalanishga ko’maklashish, o’rmonlardan oqilona foydalanish, sahrolanishga qarshi kurash, yerlarning yemirilishini to’xtatish va ortga qaytarish, bioxilma-xilliking yo’qolib ketish jarayonini to’xtashish.

Dunyo uch tomonlama sayyoraviy inqirozga duch kelmoqda: iqlim o‘zgarishi, ifloslanish va biologik xilma-xillikning yo‘qolishi. O‘rmonlarning kesilishi, yerlarning tanazzulga uchrashi va turlarning yo‘q bo‘lib ketishi jarayonlari tobora kuchayib, sayyoramiz va odamlar salomatligiga jiddiy tahdid solmoqda.15-maqsadga erishish tabiat bilan munosabatlarimizni tubdan o‘zgartirishni talab qiladi.

Hozirgi kunda qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tizimiga 8ta qo‘riqxona, 2ta tabiiy va 1ta milliy bog‘lar, 1ta biosfera rezervati, 3ta tabiiy pitomniklar, 12ta buyurtma qo‘riqxonasi, 7ta tabiyat yodgorliklari kiradi. Biologik xilma-xillikning barqaror saqlanishini ta’minlaydigan qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni mamlakat hududining 5 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.

BRMning 15-yo‘nalishi - “Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash” ijrosi bo’yicha 5-dekabr kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi ustozlari Bahronova Maftuna Farhodovna va Berdieva Sitora Ashuraliyevna boshchiligida iqtidorli talabalar ishtirokida  “Quruqlikdagi ekotizimlardan oqilona foydalanish” mavzusida seminar tashkil qilindi va Biologiya fanlari dortori professori Jabborov Zafarjon bilan suhbat uyushtirildi.

Seminarda Ingliz tili uchinchi fakulteti professor- ustozlari, tyutorlar, iqtidorli talabalar Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori hamda doktorantlari ishtirok etdi.

Seminar davomida Quruqlikdagi ekotizimlardan oqilona foydalanish va ularni asrash, bu tashabbus yuzasidan bir qator qilingan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda xorijiy davlatlar bilan o’rnatilgan hamkorliklar haqida so’z yuritildi.

Tadbir so‘nggida seminarda faol ishtirok etgan xodim va talabalar universitet rahbariyati tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube