20-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov 22-27-yanvar kunlari Koreya Respublikasida o‘tkaziladigan “Global almashinuv” nomli forumda ishtirok etish uchun jo‘nab ketayotgan talabalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda rektor talabalarga forumda muvaffaqiyatli ishtirok etishlari uchun omad tilab, safar oldidan zarur maslahat va tavsiyalar berdi. Shuningdek, safar davomida xavfsizlik va odob-axloq qoidalariga rioya qilish zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuvda universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Otabek Yusupov, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Abdurahim Nosirov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Shahnoza Ismatova, hamda O‘quv ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Yusuf Azzamov ham ishtirok etib, talabalarga forumdagi ishtirok borasida o‘z maslahat va takliflarini bildirdilar.