Roman-german filologiyasi fakultetida ilmiy va amaliy to‘garaklar faoliyati keng yo‘lga qo‘yilmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida talabalar bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida qator ilmiy va amaliy to‘garaklar tashkil etilmoqda. Jumladan, “Badiiy tarjima” hamda “Badiiy tarjima masalalari” mavzularidagi mashg‘ulotlarda talabalar tarjimaning nazariy va amaliy jihatlari, xususan, maqol va topishmoqlar tarjimasi orqali lingvistik hamda madaniy xususiyatlarni o‘rganishdi.

Shuningdek, “Ilmiy tadqiqot sari ilk qadam”, “Ilmiy jurnallarda maqola nashr etish” hamda “Til va madaniyat” fanidan “Ilmiy maqola yozish bosqichlari (Globalizatsiya va til madaniyati)” mavzularidagi to‘garaklarda talabalarga ilmiy izlanish olib borish, maqola yozish va uni nashr etish tartibi bo‘yicha muhim bilimlar berildi. “Fransuz va o‘zbek tillarida lingvokulturologik timsollarning ifodalanishi” mavzusidagi seminar hamda “Nemis-o‘zbek badiiy tarjimasida ekvivalentlik muammolari” to‘garagida esa tarjima nazariyasi, frazeologiya va paremiologiya kabi muhim tushunchalar keng yoritildi.

Bundan tashqari, amaliy mashg‘ulotlar doirasida “Personalpronomen”, “haben” va “sein” im Präsens hamda “Die Begrüßung” va “Woher kommen Sie?” mavzularida nemis tili darslari tashkil etilib, o‘quvchilarga interfaol usullar orqali samarali ta’lim berildi.

Mazkur to‘garak va seminarlar talabalarning ijodiy, ilmiy hamda amaliy salohiyatini rivojlantirib, ularni mustaqil fikrlashga undamoqda. Bu jarayon yoshlarning kelajakda yetuk va raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishida muhim o‘rin tutadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube