Assalomu alaykum, qadrli yoshlar! Joʻshqin, navqiron, shijoatli, aziz talabalarimiz! 

Barchangizni 30-iyun  — Yoshlar kuni bilan chin yurakdan muborakbod etaman!

Bugun har sohada erishilayotgan yutuqlarimiz, shubhasiz, sizlarning harakatingiz, oʻz ustingizda tinimsiz ishlashingiz va jahon tajribalarini qunt bilan oʻrganayotganligingiz mevasidir.

Bilim olish, izlanish, yangiliklar yaratish, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish yoʻlida Sizlarga hamisha omad yor boʻlsin. Doim imkoniyatlaringiz eshigi ochiq boʻlishini tilayman.

Oʻzbekiston nomini ilm-fan, sport, sanʼat va boshqa barcha jabhalarda yuksaklarga koʻtaradigan Sizdek yoshlarimiz koʻpayaversin.

Shuningdek, ilm dargohimizga qadam qoʻyish arafasida turgan boʻlajak talabalarimizni ham bugungi bayram bilan muborakbod etaman. Yaqinlashib kelayotgan sinovlarda barchangizga omad tilayman. Ertangi kunning egalari sizlardek tashabbuskor, bilimga chanqoq, koʻzlari yonib turgan yoshlar ekanligini hech vaqt yodingizdan chiqarmang! 

Sizlarni shijoat va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, Sizlarga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt, ilm-fan va mehnat yoʻlida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Hamisha intiluvchan, jonkuyar va vatanparvar boʻlib, yangi gʻoya hamda tashabbuslar bilan mamlakatimizni dunyoga tanitishdan aslo charchamang! 

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube