15-oktyabr O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti faollar zalida rektor va 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqotda universitet rahbariyati vakillari, profilaktika inspektori talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi va universitet faoliyati, undagi yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv dasturlari, to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Hozirgi kunda dolzarb bo‘layotgan kiber jinoyatlar, turli xil oqimlar,diniy ekstremizm g‘oyalaridan ogoh bo‘lishga chaqirdi. Talabalar turar joyida yashovchi talabalarni muammolarini eshitib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.
Dastur ochiq muloqot tarzda davom etib, talabalar tomonidan savollar takliflar berildi.
Muloqot davomida faollik ko‘rsatgan talabalar universitet rektori tomonidan kitoblar bilan taqdirlandi.