Tarjimonlik fakultetida “Ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
2026-yil 7-yanvar kuni soat 10:00 da O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti, Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida “Ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarni Misr Arab Respublikasi, Qohira universiteti dotsenti, doktor Ubayd Muhammad Abdulhalim Abduljavod olib bordi.
Mazkur seminarda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Ta’lim amaliyotida sun’iy intellektning eng so‘nggi qo‘llanilish yo‘nalishlari
O‘qituvchilar va pedagogik jamoa a’zolari uchun ochiq sun’iy intellekt vositalari
Ta’limda texnologiyani samarali joriy etish usullari
Sun’iy intellekt orqali ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish
Seminarda Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari, xorijlik mutaxassislar va magistrantlar ishtirok etdi. Tadbir davomida sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi amaliy imkoniyatlari va samarali tatbiq etish usullari atroflicha muhokama qilindi.