17-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi xodimlari Toshkent Tibbiyot Akademiyasiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad TTAning xalqaro reytinglarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishganligini o‘rganib uni O‘zDJTU da qo‘llash bo’ldi.
Uchrashuvda TTAning Raqamli taʼlim texnologiyalar markazi boshlig‘i, xalqaro reytinglar uchun mas’ul Abrorjon Musaxonov akademiyaning QS va Times Higher Education reyting agentliklari bilan ishlash tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. TTA tajribasidan kelib chiqib u reytinglarga kirishda Research, International, PR ning o‘rni haqida alohida to‘xtaldi. Bu 3 ta ko‘rsatkich har qanday universitetning reytingdagi mavqeiga ta’sir etuvchi asosiy omillar ekanligini, shuningdek, pozitsiyalarni yaxshilashga yordam berishi haqida gapirdi.
Bundan tashqari, Abrorjon Kamolitdinovich Musaxonov:
• Academic Reputation va Employer Reputation bo‘yicha hamkor universitetlar bilan ishlab iloji boricha ko‘p ovoz to‘plash;
• O’zDJTUning reytingdagi o‘rnini yaxshilash uchun 2030-yilgachga mo‘ljallangan strategiyasini ishlab chiqish;
• Reyting agentliklariga ariza topshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘plash;
• Universitetning xalqaro miqyosda tan olinishini oshirish uchun THE, QS reyting agentliklari tashkillashtiradigan anjumanlarda rektor yoki prorektorning qatnashishi, unda universitetni targ‘ib qilish kabilar bo’yicha ma’lumot berdi.
Mutaxassis THE reytingiga kirish uchun har yili 150 ta, QS reytingiga kirish uchun 100 tadan kam bo‘lmagan miqdorda Scopus Web of Science ba’zasida indekslangan jurnallarda maqolalar chiqarishni va ushbu reytinglarning pullik xizmatlaridan ham foydalanib yuqori natijalarga chiqish mumkinligini alohida ta’kidladi.
O‘zDJTU xodimlari Abrorjon Kamolitdinovichga reytinglar bilan ishlash bo‘yicha ko‘plab savollar bilan murojaat qilishdi va zarur javoblarni olishdi.
TTAga tashrifi natijasida O‘zDJTU xodimlari xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘yicha qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ular O‘zbekistondagi yetakchi tibbiyot oliygohidagi hamkasblari bilan tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldilar va kerakli ma’lumotlarni O‘zDJTUda amaliy qo‘llashni reja qildilar.