Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili birinchi fakultetiga Ergasheva Guli Ismoil qizi dekan etib tayinlandi.
Guli Ergasheva 1980-yilda tug‘ilgan. Dotsent.
U 2000-yilda Andijon davlat chet tillar pedagogika institutining bakalavr yo‘nalishini, 2002-yilda esa O‘zbekiston Milliy universitetining magistratura yo‘nalishini tamomlagan.
Guli Ergashevaning faoliyati:
1996-2000 yy. - Andijon davlat chet tillar pedagogika instituti talabasi
2000-2002 yy. - O‘zbekiston Milliy universiteti magistratura talabasi
2002-2005 yy. - O‘zbekiston Milliy universiteti aspiranti
2006-2015 yy. - O‘zbekiston Milliy universiteti ingliz tilshunosligi va tarjima nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi
2015-2018 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranti. London Metropoliten universitetida malaka oshirgan (2017 y.); Amerika amaliy lingvistika assotsiatsiyasida malaka oshirgan (2019 y, 2022 y, 2023 y.); Sankt-Peterburg davlat universiteti (2023)
2019-2021 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi dotsenti
2021-2022 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tilini o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari kafedrasi professori vazifasini bajaruvchisi
2022-2023 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz filologiyasi fakulteti dekan o‘rinbosari
2023-2025 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz filologiyasi fakulteti dekani
2025 y. - h.v. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili birinchi fakulteti dekani
- 2025-02-01 01-23