Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili birinchi fakultetiga  Ergasheva Guli Ismoil qizi dekan etib tayinlandi.

Guli Ergasheva 1980-yilda tug‘ilgan. Dotsent.

U 2000-yilda Andijon davlat chet tillar pedagogika institutining bakalavr yo‘nalishini, 2002-yilda esa O‘zbekiston Milliy universitetining magistratura yo‘nalishini tamomlagan.

Guli Ergashevaning faoliyati:

1996-2000 yy. - Andijon davlat chet tillar pedagogika instituti talabasi

2000-2002 yy. - O‘zbekiston Milliy universiteti magistratura talabasi

2002-2005 yy. - O‘zbekiston Milliy universiteti aspiranti

2006-2015 yy. - O‘zbekiston Milliy universiteti ingliz tilshunosligi va tarjima nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi

2015-2018 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranti. London Metropoliten universitetida malaka oshirgan (2017 y.); Amerika amaliy lingvistika assotsiatsiyasida malaka oshirgan (2019 y, 2022 y, 2023 y.); Sankt-Peterburg davlat universiteti (2023)

2019-2021 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi dotsenti

2021-2022 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tilini o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari kafedrasi professori vazifasini bajaruvchisi

2022-2023 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz filologiyasi fakulteti dekan o‘rinbosari

2023-2025 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz filologiyasi fakulteti dekani

2025 y. - h.v.   - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili birinchi fakulteti dekani

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube