Oʻzbekiston va Belarus boʻyicha Muvaqqat ishlar vakili, Ispaniyaning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi janob Gonsalo Fournier Condo, Ispaniyaning Oʻzbekistondagi faxriy konsuli janob Karlos Alberto Martinez Ferrero, Mashhur ispan-peru yozuvchisi Santyago Rafael Roncagliolo Lomannlardan iborat Ispaniya delegatsiyasi vakillari bugun OʻzDJTUda boʻldi.

 Ispan tili guruhlari oʻqituvchilari va talabalari hamda mehmonlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.Tadbirni universitet  rektori I.Toʻxtasinov ochib berdi shu bilan birga  Elchi Gonsalo Furnier Kondo Ispan yozuvchisi Santyago Roncagliolo chiqish qilib ispan yozuvchilari va sheʼriyati haqida soʻz yuritdi.

Uchrashuv soʻngida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

 

Maʼlumot uchun: Hozirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ispan tili va madaniyatini oʻqitish borasidagi xalqaro hamkorlik va ilmiy tadqiqotlar boʻyicha yetakchi oʻrinlarni egallab kelmoqda. 2 500 ga yaqin talaba ispan tilini asosiy va ikkinchi xorijiy til sifatida katta qiziqish bilan oʻrganmoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube