17-oktabr kuni Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktor o‘rinbosari Jamilya Gulyamova hamda Ingliz tili dasturlari direktori Maykl Konnolli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov mehmonlarga universitetni rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan ingliz tili bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash borasida olib borilayotgan samarali faoliyat hamda Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda bajarilayotgan muhim loyihalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. 

O‘z navbatida, o‘tgan 20 yildan ortiq muddatda universitetni  qo‘llab-quvvatlab kelayotganligi uchun Britaniya Kengashi rahbarlariga minnatdorchilik bildirdi. 

Shuningdek, Britaniya OTMlarining boy tajribasidan foydalangan holda mustaqil ta’limni rivojlantirish, baholashning samarali mexanizmlarini joriy etish maqsadida turli loyihalar ishlab chiqish va ularni Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda amalga oshirish kabi takliflarni berdi. 

Jamilya Gulyamova  “Uzluksiz kasbiy malakani oshirish” (Contunuing Professional Development) va Inkluziv ta’limga  alohida e’tibor qaratish, “Universitet Boshqaruvi” loyihasini amalga oshirish hozirda Britaniya Kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan muhim loyihalar ekanligini ta’kidlab o‘tdi. 

Maykl Konnolli ingliz tili o‘qituvchilarini malakasini oshirish jarayonida Britaniya Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan elektron resurslar, online platformalar va mobil ilovalardan bepul foydalanishlari mumkinligini ma’lum qildi. I. Tuxtasinov O‘zDJTU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari uchun Maykl Konnolli va hamkasblari tomonidan tavsiya etilayotgan resurslar va materiallar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish orqali ularni xabardor qilish yaxshi natija berishini aytib o‘tdi. 

Uchrashuv juda mazmunli va har tomon uchun manfaatli tarzda o‘tdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube