O‘zDJTU va KOICA o‘rtasida “Koreys tili va madaniyatini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha volontyorlar loyihasi”ni  amalga oshirish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

16-yanvar kuni Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari O‘zDJTUga tashrif buyurdi. Tashrif dasturida O‘zDJTU va KOICA o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik, koreys tili va madaniyatini o‘qitishga doir yangi loyihalar muhokama qilindi.

KOICA ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Shin Myung Seop, Vakolatxona direktor o‘rinbosari So Wansu, Vakolatxona volontyorlar bo‘limi koordinatori Lee Yoobin xonim, Vakolatxona volontyorlar bo‘limi koordinatori Rojiboev Ilkhomjon,  Vakolatxona volontyorlar bo‘limi stajyori Park Jun Hyung, Loyihalar menejeri Noh Yunmi, Loyihalar mahalliy menejeri Anvar Shomirzaevlardan iborat mehmonlarni kutib olish marosimidan so‘ng ikki tomon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zDJTU tomonidan rektor I.M. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Moliya-iqtisod ishlar bo‘yicha prorektor M. Xamraev,  Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev  hamda Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Juraevlar ishtirok etdi.

Unda “Koreys tili va madaniyatini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha volontyorlar loyihasi”ni amalga oshirish masalasi va boshqa ikki tomon uchun manfaatli bo‘ladigan masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘ngida O‘zDJTU va KOICA o‘rtasida “Koreys tili va madaniyatini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha volontyorlar loyihasi”ni  amalga oshirish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning loyihasi haqida qisqacha ma’lumot
Koreys tili va madaniyatini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha KOIKA volontyorlari loyihasi.
Loyihani amalga oshirish muddati:  2,5 yil, 2025-2027 yillar
Loyiha qiymati: 1 116 000 AQSH dollari
Bundan 300 000 AQSH dollari O‘zDJTUga xonalarni jihozlash, interyer dizaynini o‘zgartirish va volontyorlar faoliyati uchun kerak bo‘ladigan ayrim xarajatlar uchun ajratiladi.
Qolgan qismi, volontyorlarni jalb qilish, ularning aviachipta va ichki transport, mehmonxona, kundalik xarajatlari, oylik maoshi kabi xarajatlarni qoplash uchun KOICA tomonidan to‘lanadi. 
Loyiha doirasida 2,5 yil davomida 70 nafar volontyor O‘zDJTUga yuboriladi.
Volontyorlar koreys tilidan dars berish, madaniy va badiiy tadbirlarni tashkil qilish, taekvondo, K-ror (milliy raqs), xattotlik, musiqa to‘garaklar ishini tashkillashtirish bilan shug‘ullanadi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube