O‘zDJTU delegatsiyasi Malayziyaning Til va adabiyot institutiga tashrif buyurdi
“O‘zbekiston-Malayziya: oliy ta’limda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish imkoniyatlari va tashabbuslari” mavzusida o‘tkazilayotgan “1-Malayziya-O‘zbekiston Oliy ta’lim forumi va ko‘rgazmasi”da ishtirok etish uchun tashrif buyurgan rektor I.Tuxtasinov boshchiligidagi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi 2025-yil 3-fevral kuni Malayziyaning Devon Baxasa dan Pustaka Til va adabiyot institutiga tashrif buyurdi.
Ushbu forum ikki davlat o‘rtasidagi hamkorliklarni yanada rivojlantirish, ta’lim sohasida yangi vazifalarni belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Malayziya Oliy ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan.
Devon Baxasa dan Pustaka tashkiloti 1956-yildan buyon tillar o‘qitilishi, xususan malay tili va adabiyotining o‘qitilishi, Malayziya madaniyati bilan bog‘liq masalalar, metodika va texnologiyalar, tarjima masalalari kabi ushbu tilning barcha qirralarini yoritib keladi, ilmiy tadqiqot ishlari, darslik va o‘quv adabiyotlari yaratish va takomillashtirish kabi faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Uchrashuv davomida tashkilot rahbari doktor Hazami bin Jahari va bir qator mas’ullar tomonidan ikki tomonlama hamkorliklar imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
Shuningdek, O‘zDJTU rahbariyati tomonidan universitet to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Malayziyada tashrif va forumga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda.