Xolmuradov Raxmatilla Neʼmatillayevich 2025-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti xaridlar bilan ishlash va taʼminot boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
MEHNAT FAOLIYATI
2005-2009 yy. — Toshkent arxitektura qurilish instituti talabasi
2017-2019 yy. — Toshkent arxitektura qurilish universiteti magistri
2009-2011 yy. — Toshkent arxitektura qurilish instituti marketing xizmati boʻlimi kontrakt toʻlovi nazoratchisi
2011-2014 yy. — Toshkent arxitektura qurilish instituti hisobxonasi tashkilotlar bilan ishlash boʻlimi I-toifali hisobchisi
2014-2023 yy. — Toshkent arxitektura qurilish universiteti hisobxonasi moddiy ashyolar boʻyicha I-toifali hisobchisi
2015-2023 yy. — Toshkent arxitektura qurilish universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi bosh hisobchisi (oʻrindoshlik asosida)
2019-2024 yy. — Toshkent arxitektura qurilish universitetining “Iqtisodiyot va koʻchmas mulk” kafedrasida v.v.b dotsent, oʻrindoshlik asosida “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” fani oʻqituvchisi
2023-2024 yy. — Toshkent arxitektura qurilish universiteti hisobxonasi bosh hisobchi oʻrinbosari
2024-2025 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni Davlat byudjeti boshqarmasi Byudjet siyosati va davlat xaridlari sektorining yetakchi maslahatchisi
2025-y. – h.v. — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti xaridlar bilan ishlash va taʼminoti boʻlimi boshligʻi