XUSUSIY YOTOQXONADAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI

XUSUSIY YOTOQXONADAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov mas’ul rahbarlar bilan birgalikda universitetga yaqin hududda joylashgan xususiy yotoqxonada talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

 



Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonalar holati, sanitariya-gigiyena talablari hamda xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratildi. Talabalar bilan suhbatlashilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, xonalarni isitish tizimining holati, elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan tegishli tavsiya va maslahatlar berildi.

 


 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube