REKTOR TALABALARNING IJARA XONADONLARIDAGI YASHASH SHAROITLARI BILAN TANISHDI

REKTOR TALABALARNING IJARA XONADONLARIDAGI YASHASH SHAROITLARI BILAN TANISHDI

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet jamoasi vakillari bilan birgalikda ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi.

 



Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlardagi sanitariya-gigiyena holati, xavfsizlik choralari hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning ta’lim jarayoni, kundalik hayoti, mavjud muammolari va takliflari tinglandi. Rektor yoshlar uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish muhimligini ta’kidladi.

 



Shuningdek, xonadon egalari bilan muloqot qilinib, kuz-qish mavsumida xonadonlarni isitish tizimidan to‘g‘ri foydalanish, elektr va gaz jihozlari xavfsizligini ta’minlash, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish hamda sovuq kunlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiya va maslahatlar berildi.

Talabalar holidan muntazam xabar olish, ularning muammolarini o‘rganish hamda kuz-qish mavsumini xavfsiz va qulay sharoitda o‘tkazishlari uchun zarur choralarni ko‘rish universitet e’tiboridagi muhim vazifalardan biridir.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube