“XXI asr yoshlar ilmida jahon filologiyasi innovatsiyalari: natijalar va istiqbollar” mavzusida yoshlar ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 26-fevral kuni Rus filologiyasi fakulteti Rus adabiyoti va o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan “XXI asr yoshlar ilmida jahon filologiyasi innovatsiyalari: natijalar va istiqbollar” mavzusida yoshlar ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi mudiri Sh.M. Ismatova so‘zga chiqib, bunday yoshlar konferensiyalari nazariya va amaliyot uyg‘unlashadigan, bilimga intilish esa yoshlarning kasbiy o‘sishida muhim harakatlantiruvchi kuchga aylanadigan maydon ekanini ta’kidladi.

Rus madaniy markazi raisi o‘rinbosari T.S. Alimxodjayeva o‘z nutqida rus tili va adabiyoti nafaqat kasbiy tanlov, balki madaniyatlararo muloqotning qudratli vositasi, ilmiy izlanish va professional rivojlanish omili ekanini qayd etdi.

O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Yu.U. Matenova ishtirokchilarni samimiy qutlab, konferensiya ilk jiddiy ilmiy tadqiqotlar yuzaga keladigan hamda ilmiy munozara madaniyati shakllanadigan noyob maydon ekanini ta’kidladi.

Rus filologiyasi fakulteti dekani A.B. Raxmonov bo‘lajak filologlarga tilak bildirib, ularning ilmiy va kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Plenar majlisda quyidagi ma’ruzalar tinglandi:
 1. Kocharova Nonna, 2-bosqich magistratura – “Pretsedent nomlar mediadasqursda”.
 2. Samigova Niso, 1-bosqich magistratura – “Toshkent va Peterburg A. Axmatova ijodida”.
 3. Suyarova Sevara, 2-bosqich magistratura – “I. Krilov ijodi Yevropa va rus madaniyatida komedik janrning rivoji va shakllanishi kontekstida”.
 4. Maxamadaliyeva Umida, 2-bosqich magistratura – “O‘zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg hayoti va ijodi sahifalarini varaqlar ekanmiz”.
 5. Mirzamurodov Jamshidbek, 2-bosqich bakalavriat – “She’riy satrlar ustasi: A. Faynberg xotirasi va merosi”.

Konferensiya yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirilib, tadbir ilmiy muloqot va tajriba almashinuvi ruhida yuqori saviyada tashkil etilgani bilan ahamiyat kasb etdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube