Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida ulugʻ mutafakkir shoir, davlat arbobi Mir Alisher Navoiyning betakror hayoti va ijodiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli tarjimon, Doʻstlik ordeni sohibi Begoyim Xolbekova hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoira va jurnalist, Yashnobod tuman hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Ozoda Bekmurodovalar ishtirok etdilar.
Ular yurtimizning turli hududlaridan kelib, malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilarga gʻazal mulkining sultoni ulugʻ Navoiyning eng sara gʻazallaridan oʻqib, gʻazallarning teran maʼnolarini sharhlab berdilar, shuningdek, gʻazallarning inglizcha tarjimalarini ham oʻrtoqlashdilar.
Tadbirda malaka oshirish kursi tinglovchilari Navoiy ijodi boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va ular ham Hazrat Navoiy ijodidan gʻazallar oʻqib berishdi.
Amaliyotchi:Ochildiyeva O'g'iloy