12-fevral O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida Registrator ofisi xodimlari uchun navbatdan tashqari yig’ilish bo’lib o’tdi. 

Yig’ilishda Registrator ofisi boshlig’i A.Xalillayev, Back Office boshlig’i A.Erkayev, Front Office boshlig’i M.Sulaymanov va bo’lim xodimlari ishtirok etdilar.

Yig’ilish quyidagi mavzular bo’yicha bo’lib o’tdi:

-  Korrupsiyaga qarshi kurash bugungi kunning dolzarb masalasi;
-  Registrator ofisi nizomida keltirilgan vazifalar taqsimoti;
-  Registr ofisi xodimlari uchun kunlik seminar trening tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Yig'ilishda Registrator ofisi boshlig'i A.Xalillayev korrupsiya – millat taraqqiyoti kushandasi ekani haqida nutq soʻzladi. Nutq davomida Ofis xodimlarini ushbu illatga aralashib qolmaslikka va shaffof xizmat ko'rsatishni  tashkil qilishga chaqirdi.

Bo’lim boshlig’i M.Sulaymonov Registrator ofisi Nizomida keltirilgan vazifalarni o’z vaqtida aniq va puxta bajarish kerakligi va talabalarga yuqori sifatli xizmat ko’rsatish kerakligini aytib o’tdi.

Shuningdek, Ofis faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida haftaning har shanba kuni xodimlar uchun seminar trening tashkil qilinishini ta'kidlab o'tildi.

Amaliyotchi:Ochildiyeva O'g'iloy

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube