Yoşlar tarbiyasida ilm, maʼnaviyat va vatanparvarlik masalalari muhokama qilindi

Yoşlar tarbiyasida ilm, maʼnaviyat va vatanparvarlik masalalari muhokama qilindi

Özbekiston davlat jahon tillari universitetida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktubi”da ilgari surilgan hayotiy ğoyalar va muhim tarbiyaviy qaraşlar mazmun-mohiyatini keng tarğib etişga bağişlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.

Tadbirni Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining vazifasini vaqtinça bajaruvçi M.Ç. Çutpulatov oçib berdi. U öz nutqida mazkur maktub nafaqat bir nabiraga, balki butun Özbekiston yoşlariga qaratilgan samimiy nasihat, hayotiy saboq va kelajak oldidagi masʼuliyatni anglaşga undovçi murojaat ekanini taʼkidladi.



Şuningdek, davlat rahbari maktubida yoşlarning sifatli taʼlim olişi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallaşi, xorijiy tillarni örganişi, vaqtni qadrlaşi hamda doimiy izlanişda bölişi muhim örin tutişini qayd etdi. Ayniqsa, sunʼiy intellekt va zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalaniş, kitob mutolaasi, mustaqil fikrlaş va öz ustida muntazam işlaş bugungi yoşlar uçun muhim talab ekaniga eʼtibor qaratdi.

Tadbirda siyosiy fanlar nomzodi, professor Davron Sabiroviç Muitov hamda siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Tursunmurod Doniyoroviç Mamatqobilov sözga çiqdi. Ular maktubda ilgari surilgan ğoyalarning yoşlar dunyoqaraşini şakllantiriş, ularda yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlar, vatanparvarlik va ijtimoiy masʼuliyat tuyğularini mustahkamlaşdagi ahamiyati haqida fikr bildirdilar.

Şuningdek, buyuk ajdodlarimiz — Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek va Alişer Navoiy kabi allomalarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosiga munosib voris böliş masalasi alohida eʼtirof etildi. Ularning ilmga intilişi, mehnatsevarligi, tafakkuri va yuksak maʼnaviyatini bugungi hayotda davom ettiriş har bir yoşning muhim vazifasi ekani qayd etildi.

Tadbir davomida Vatanga muhabbat, halollik, kamtarlik, mehnatsevarlik, mardlik va masʼuliyat kabi fazilatlar yoşlar kamolotining muhim mezonlari ekani taʼkidlandi. Mazkur uçraşuv talaba-yoşlarni bilim oliş, izlaniş, zamon bilan hamnafas böliş va yurt ravnaqiga munosib hissa qöşişga undaydigan mazmunli muloqotga aylandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube