Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti 75 yillik tarixga ega. U 1992-yilda Toshkent davlat chet tillari pedagogika instituti (1949-yil) va Respublika Rus tili va adabiyoti institutining (1963-yil) birlashishi natijasida universitet maqomiga ega boʼlgan.
Oʼzbekiston davlat jahon tillari universitetida hozirgi kunda 10 ta fakultet, akademik litsey faoliyat olib boradi. Bundan tashqari, 100 ta umumtaʼlim maktablariga oʼquv-metodik yordam koʼrsatiladi.
Talabalar soni 22 492 nafar, ular uchun 1023 nafar professor-oʼqituvchi dars berib kelmoqda. 26 ta Bakalavriat taʼlim yoʼnalishi va 19 ta Magistratura mutaxassisligi taklif etiladi.
Universitetda 17 ta xorijiy til asosiy va ikkinchi til sifatida oʼqitiladi. Jumladan, ingliz, frantsuz, nemis, ispan, italyan, xitoy, yapon, koreys, arab, malay, indonez, xind, turk, golland tillari. Kelajakda oʼqitiladigan chet tillari sonini yanada oshirish, fin, shved, portugal, polyak va ivrit tmillarini kiritish rejalashtirilgan.
Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti dunyoning 130 dan ortiq yetakchi OTMlari hamda Britaniya Kengashi, DААD, Frants Аlyans, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKА), Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JАYKА), Turkiya xalqaro hamkorlik agentligi (TIKА) va mamlakatimizdagi elchixonalar bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini amalga oshirmoqda.
Hozirda Yaponiya raqamli universiteti, Rossiyaning Moskva davlat lingvistika va
Аdigeya davlat universitetlari bilan qoʼshma taʼlim dasturlari amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur bitiruvchilari ikkita nufuzli universitet diplomini olishga muvaffaq boʼlmoqda.
30 dan ortiq xorijiy mutaxassis va professor-oʼqituvchilar universitetimizda amaliy mashgʼulotlarni olib bormoqda. Xorijiy talabalar soni 75 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, xorijlik talaba va oʼqituvchilar uchun yozgi maktablar va madaniy almashinuv dasturlari amalga oshiriladi.