Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim faoliyati haqida

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruq va topshiriqlari hamda universitet rektori buyruqlari, farmoyishlariga, shuningdek Bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq o‘z faoliyatini olib boradi.

 

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining asosiy vazifalari

 

-oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarida kadrlar tayyorlash sifatini

nazorat qilish va monitoringini olib borish

 

-talabalar bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini hamda talabalarining fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganib borish va tahlil qilish;

 

-ta’lim sifatini ta’minlay oladigan professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, jumladan salohiyatli o‘qituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati va malakasini oshirish imkonini beradigan (obyektiv) shaffof tashkiliy mexanizmlarni yaratish;

 

 -professor-o‘qituvchilarning dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qilish;

 

-oliy ta’lim muassasasini ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;

 

-o‘quv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma’lumotlami o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit-modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi);

 

-malaka talabalari, o‘quv reja va dasturlarning kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;

 

-bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi o‘rni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalarni shakllantirish;

 

-o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlari sifatining nazorati talab darajasida yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganib borish;

 

-dars o‘tish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislarni jalb etilganligini o‘rganib borish;

 

-talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni ta’minlanganligi bo‘yicha ko‘rilgan choralar samaradorligini aniqlash;

 

-professor-o‘qituvchilarning malaka oshirganligi, dasturlarga fandagi yangiliklarning kiritilganligini o‘rganish;

 

-professor-o‘qituvchilarga o‘quv yuklamasini adolatli taqsimlanganligini tahlil qilish;

 

-axborot-resurs markazida talaba va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fanlar bo‘yicha darsliklarning mavjudligi, talabalarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganib borish va rahbariyatga takliflar kiritish;

 

-mustaqil ta’limni talab darajasida tashkil etilishini o‘rganish va tahlil qilish (yo‘riqnoma yoki uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqilishi, mustaqil ta’limni tashkil etish uchun talablarni qo‘yilishi va talabalar yuklamasini shakllantirilishini ta’minlash);

 

-oliy ta’lim muassasalarida plagiatga qarshi dasturlarni joriy etilishini ta’minlash (jumladan, akademik halollik tamoyillarini joriy etish va ko‘chirmachilikka qarshi ishlarni tizimli ravishda tashkil etish);

 

-vazirlikning topshirig‘iga muvofiq, boshqa oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganishda ishtirok etish.

User Image
KPI mezonlari
User Image
Yo'riqnoma
User Image
Yo'riqnomasi 2
User Image
Bo'lim boshlig'i yo'riqnoma
User Image
Bosh mutaxassis yo'riqnomasi
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube