Sharq filologiyasi fakulteti
Dekan: Djurayev Dilshod Mamadiyarovich
E-mail: fdx8585@mail.ru
Ish vaqti:8.30-18.00
Fakultet tarixi: Sharq filologiyasi fakulteti O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2021-yil 29-iyuldagi 318-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan. Hozirda kunda fakultetda 3 ta mutaxassislik kafedralari va 1 ta nomutaxassislik kafedralari mavjud bo’lib, ularda 130 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.
Fakultet tarixi
Sharqiy filologiya fakulteti 2021 yilda tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda fakultetda 3 ta ixtisoslashtirilgan va 2 ta ixtisoslashtirilgan kafedra faoliyat ko'rsatmoqda, ularda 74 dan ortiq professor-o'qituvchilar ishlaydi
Fakultet tasarrufidagi kafedralar:
Kafedralar soni: 4 ta
1.Xitoy filologiyasi kafedrasi;
2. Koreys filologiyasi kafedrasi;
3. Yapon filologiyasi kafedrasi;
4. Zamonaviy axborot tehnologiyalari kafedrasi;
Professor o‘qituvchilar soni; 130 nafar
Xalqaro hamkorliklar;
Bizning hamkorlarimiz:
Yapon tili
- 1. O‘zbekiston-Yaponiya elchixonasi,
- 2. JICA halqaro hamkorlik agentligi,
- 3. Yaponiya raqamli universiteti,
- 4. Yaponiya Tachibana universiteti,
- 5. Yaponiyaning Tsukuba universiteti,
- 6. Yaponiyaning Soka universiteti,
- 7. Yaponiyaning Bunkyo Gakuin universiteti,
- 8. Yaponiyaning Vakayama universiteti,
- 9. Yaponiyaning Toyo universiteti,
- 10. Yaponiyaning Kobe shahar chet tillar universiteti,
- 11. Yaponiyaning Xokkaydo-Higasikava til maktabi,
- 12. Yaponiyaning Hokkaido HUMEN UP loyihasi
Kafedra yutuqlari:
2000-yildan buyon Yaponiyaning JICA xalqaro hamkorlik agentligi universitetimiz bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda va 10 dan ortiq JICA koʻngilli oʻqituvchilari universitetimizda yapon tilini oʻqitishda oʻz hissalarini qoʻshdilar.
2016-yilda yapon tili bo‘limiga Abe Akie fondi, Xalqaro Yaponiya fondi, Toshiba fondidan 708 ta kitob va o‘quv qo‘llanmalari kelib tushdi.
2021-yilda Yapon tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Yapon tilini o‘qitish bo‘yicha Yaponiya jamg‘armasining 93 000 AQSh dollari miqdoridagi “Grassroots” grantini qo‘lga kiritdi.
2015 yildan boshlab universitetimizning yapon tili oʻqituvchilari har yili Urava shahridagi Yaponiya fondi yapon tili institutida uzoq muddatli (olti oy) va qisqa muddatli (ikki oy) dasturlari boʻyicha yapon tilini oʻqitish koʻnikmalarini rivojlantirmoqda.
Har yili talabalarimiz Yaponiyadagi hamkor universitetlarga bir yillik almashinuv dasturi orqali tashrif buyurishadi. Ular MEXT dasturida ham muvaffaqiyatli qatnashadilar. 2014-yildan hozirgi kunga qadar universitetimizning 100 nafarga yaqin talaba-yoshlari yuqorida qayd etilgan dasturlar bo‘yicha Yaponiyada tahsil oldi. Talabalarning Yaponiyada olgan kreditlari va baholari universitetimiz tomonidan tan olinadi, shuning uchun talabalarimiz Yaponiyada o'qishga vaqtlarini yo'qotmaydi.
Yaponiyaning Tsukuba, Vakayama, Bunkyogakuin, Toyo hamkor universitetlari bilan muntazam ravishda onlayn vebinar va seminarlar o‘tkazib kelinmoqda. Bundan tashqari, Tsukuba universiteti professor-o‘qituvchilari talabalarimiz uchun ma’ruzalar o‘qiydi, Vakayama va Toyo universitetlari talabalari bilan Yaponiya va o‘zbek madaniyati bo‘yicha onlayn seminarlar o‘tkazmoqda.
Tsukuba universiteti va professor Ono Masaki tufayli Oʻzbekiston Jahon tillari universiteti JSPS loyihasiga aʼzo boʻldi. Bizga ma'lumki, JSPS Yaponiya va hamkor davlatlar o'rtasida ushbu mamlakatlarda ilm-fanni targ'ib qiluvchi akademiyalar, ilmiy kengashlar va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan kelishuvlar yoki o'zaro anglashuv memorandumlariga muvofiq xalqaro ilmiy almashinuvni rag'batlantiradi. Bunday hamkor agentliklar bilan dasturlar asosan qo'shma ilmiy loyihalar, qo'shma seminarlar va tadqiqotchilar bilan almashish shaklida amalga oshiriladi. Tsukuba universiteti va JSPS loyihasi rahbarlari O'zbekiston davlat jahon tillari universitetini hamkor sifatida qabul qilganidan faxrlanamiz. Va bizning o'qituvchilarimiz va tadqiqotchilarimiz JSPS loyihasida qatnashadilar. 2024-2025 yillarda kafedra tarkibida 10 nafar til sohibi ishlab kelmoqda. 2024-2025 yillarda talbalarimiz “Yapon tili notiqlik sanati tanovi” konkursida respublikada 1 o‘rin va grand pri oldi.
Koreys tili
Koreyaning Seul milliy universiteti, Yevxa, Sunchon, Pusan chet tillar, Chung Ang, Doksong, Tongmyong universitetlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.
Kafedraning xalqaro hamkorligi:
1. Seul milliy universiteti
2. Jungbu universitet
3. Chung-Ang universitet
4. Sun Kyung Kvan universitet
5. KOICA tashkiloti
6. KOREA Foundation
7. Soongsil universiteti
8. Sunchin universiteti
9. Semyung universiteti
10. Busan chet tillari universiteti
Kafedra yutuqlari: Kafedramiz talabalari Janubiy Koreya hukumati tomonidan har yili o‘tkaziladigan nufuzli musobaqalarda faol ishtirok etib, yaxshi natijalarga erishishmoqda. Joriy o`quv yilining ikkinchi yarmida 6 nafar talaba GKS granti sohibi bo`lishdi, 2019-yilda Koreya bo‘yicha viktorinaning Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 3-bosqich talabasi Qahramonova Hamidaxon tanlovning Seul shahrida bo‘lib o‘tgan final bosqichida ham birinchi o‘rinni egalladi. 2021-yilda Muzaffarov Zafarjon Muzaffarovich “QUIZ ON KOREA” viktorinasida Osiyo davlatlari orasida 1-o’rinni egalladi. Bundan tashqari, Samadova Muattar, Noila Ahrarova, Jahongir Yoqubov, Elyor Qodirov, Ibratbek Khadjiyev, Abdullaeva Nilufar kabi 30 dan ortiq bitiruvchilar Janubiy Koreyada magistratura va doktoranturada tahsil olmoqda. Umarov Abdulaziz Janubiy Koreyada doktorlik ilmiy darajasini olib Amity Universityda faoliyat olib bormoqda.
14-21-oktabr kunlari KOICA ning “Toshkentda Koreys madaniyati bo‘yicha loyihaviy ko’ngillilar dasturi” loyihasining menejer tashkiloti sifatida tanlab olingan KIDC tashkilotidan Kim Bok-Hee xonim (Loyiha bosh menejeri) boshchiligidagi delegatsiya O’zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya KOICA O’zbekiston Vakolatxonasi direktori Shin Myung Seop janoblari, O‘zDJTU rektori va Maktab direktori bilan uchrashuvlar bo’lib o’tdi.Loyiha qiymati 1.12mln dollar bo’lib 2.5 yil davomida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent shahridagi 81-Maktab va 283-Maktabda Koreys tili ta’limi va madaniyati bilan tanishtirish, Koreys madaniyat markazi qurishi, Taekwondo, K-pop va Samulnori to’garaklari yo’lga qo’yiladi.
Xitoy tili
Xitoy Xalq Respublikasining Pekin chet tillari universiteti, Pekin tillar va madaniyat universiteti, Tyanszin chet tillari universiteti, Shanxay chet tillari universiteti, Shenyan pedagogika universiteti, Sharqiy Liaodong universiteti, Dalian politexnika universiteti, Shanxay pedagogika universiteti, Sinjiang pedagogika universiteti, Nankin politexnika instituti bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
2024/2025 oʼquv yilidan boshlab, Xitoy Xalq Respublikasi Tianjin chet tillari universiteti va Oʼzbekiston davlat jahon tillari (OʼzDJTU) Sharq filologiyasi fakulteti quyidagi hamkorlik aloqalarini amalga oshirish koʼzda tutilmoqda:
1) Talabalar almashinuvi, akademik mobillik aloqalari, yoshlar forumida ishtirok etish, ikki mamlakat madaniyatini oʼrganish uchun Yozgi va qishki talabalar lageri uchun almashinuvni amalga oshirish ;
2) Oʼqituvchilar almashinuvi, oʼqituvchilar malakasini oshirish, oʼzaro ilmiy amaliy konferentsiyalar oʼtkazish, oʼzaro hamkorlikda oʼquv adabiyotlari yaratish;
3) Oʼqituvchilar oʼrtasida oʼzaro manfaatli sohalarda ilmiy hamkorlikni amalga oshirish, oʼqituvchilar va olimlarni maʼruzalar va amaliyotlar, seminarlar, kurslar, simpoziumlar va boshqalar oʼtkazishga koʼmaklashish, ilmiy loyihalar almashinuvi;
4) Magistratura mutaxassisliklari boʼyicha ikki tomon manfaatli hamkorlik, taʼlim loyihalarini amalga oshirish;
5) Oʼzaro manfaatli boshqa sohalarda hamkorlik qilish.
Qisqa muddatlik loyihalar
1. XXR Shanxay shahriga ikki haftalik yozgi lagerga 26 iyun -10 iyul kunlari kafedraning ikki nafar mahalliy o’qituvchisi va 24 nafar talaba yuborilmoqda.
2. XXR Dalian texnika universitetiga ikki haftalik yozgi lagerga 23 iyul -8 avgust kunlari kafedraning bir nafar mahalliy o’qituvchisi va 20 nafar talaba yuborilmoqda.
Hamkor: XXR Dalian texnika universiteti, XXR Shanxay qurilish universiteti
Fakultet yutuqlari;
O‘zdjtu Sharq filologiyasi fakulteti davlat stipendiyalari, rektor, faynberg stipendiyasi, olimpiada hamda turli tanlovlar g‘oliblari) ro‘yxati
REKTOR STIPENDIYASI
|
|||
1 |
Ismatullayeva Madinabonu Davronbek qizi
|
FXIT 2101 |
+998902541519 |
2 |
Karayeva Aziza Xusniddinovna
|
FKOR2121 |
+998933122069 |
FAN OLIMPIADASI G‘OLIBLARI
|
|||
1 |
Rustamova Durdona Xakimbek qizi |
FKOR 2125 |
+998940688124 |
2 |
Qo‘ziboyeva Komilaxon Shuxratjon qizi |
FYAP 2126 |
+998335952116 |
FAYNBERG STIPENDIYASI
|
|||
1 |
Rashidova Amina O‘ktam qizi |
FARAB 2225 |
+998 95 530 07 33 |
XITOY TILI KO‘PRIGI GRAN PRI SOVRINDORI
|
|||
1 |
Mashanlo Zaynab Ramazon qizi |
FXIT-2102 |
+998909103691 |
YAPON NOTIQLIK SA’NATI |
|||
1. Suyunova Maftuna Abdunor qizi FYAP 2308-guruh talabasi 2. Shavkatova Mubina Ulug‘bekovnalarni FYAP 2205-guruh talabasi |