Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;

  • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘lik, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini taʼminlaydi, belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ahvolini o‘rganadi, natijalari bo‘yicha maʼlumotlar tayyorlaydi;

  • universitetda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirilishini muvfiqlashtiradi;

  • universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun universitet rahbariyatiga kiritadi;

  • universitetning ichki hujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

  • universitetda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;

  • universitetning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining xatti-harakatlaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar xaqida kelib tushadigan murojaatlar va anonim xabarlarni ko‘rib chiqadi hamda o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rish uchun universitet rahbariyatiga maʼlumotlar taqdim etadi;

  • universitetda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari reyestrini yuritib boradi;

  • davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilish va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;

  • universiyet xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi monitoringini yuritadi va muammolar aniqlanganda barataraf etish uchun universitet rahbariyatiga tegishli takliflar kiritadi;

  • universitetning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlari va talabalari o‘rtasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etadi;

  • universitet faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professor-o‘qituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar va talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazadi;

  • so‘rovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish targ‘iboti bo‘yicha chora-tadbirlar natijalari va taʼsirini muntazam ravishda baholab boradi hamda keyingi chora-tadbirlarni belgilashda baholash natijalaridan foydalanadi;

  • professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar tashkil etadi;

  • universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholaydi;

  • universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari hamda sabablarini o‘rganadi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

  • universitet rasmiy veb-saytining “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;

  • har chorakda va zaruratga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda universitetdagi korrupsiyaviy vaziyat haqida universitet raxbariyatiga hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga hisobot taqdim etadi;

  • komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari hamda ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

 

 

 

 

User Image
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida koruppsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi NIZOM
User Image
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida koruppsiyaga qarshi kurashish bo'yicha koordinator to'g'risidagi NIZOM
User Image
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Buyrug'i №120
User Image
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida manfaatlar to'qnashuvini boshqarish to'g'risida NIZOM
User Image
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Buyrug'i 2020-yil 27-oktabr №564
User Image
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Buyrug'i 2020-yil 27-oktabr №565
User Image
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Buyrug'i 2021-yil 26-avgust 373-son
User Image
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida korrupsion xavf-xatarlarni baholash YO'RIQNOMASI
User Image
Korrupsiya bo`limi.
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube