1-dekabr kuni O‘zDJTU Kengaytirilgan kafedra kengashida Yetakchi tashkilot tomonidan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Seminar yig‘ilishida tadqiqotchi Shamsiddinova Zebo Fazliddinovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Hozirgi o‘zbek va xitoy tillarida o‘tgan zamon fe’l shakllarining chog‘ishtirma tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.

Muhokama jarayonida tadqiqotchi mavzu doirasida amalga oshirgan ilmiy izlanishlari, ularning dolzarbligi va ilmiy yangiliklari haqida batafsil ma’lumot berdi. Ilmiy seminar a’zolarining savollariga asosli, puxta tayyorlangan javoblar taqdim etdi.
Dastur yakunida dissertatsiya ishi ochiq himoyaga tavsiya etildi, bu esa tadqiqotning ilmiy ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi.