22-avgust kuni O‘zDJTU Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Muxtorovich Mahkamov universitet Kuzatuv kengashi raisi etib tayinlanganligi haqida ma’lumot berildi.

Kuzatuv kengashini kengash raisi olib bordi. Kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida kun tartibiga kiritilgan bir qator masalalar o‘rganildi.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi 311-son buyrug‘I to‘g‘risida, 2024-2025 o‘quv yilida universitet ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul parametrlari to‘g‘risida, O‘zDJTU 2030 yilgacha strategik rivojlantirish dasturiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida axborot berildi.

 Bundan tashqari, yig‘ilishda  O’zDJTUni 2030-yilgacha strategik rivojlantirish dasturiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi va boshqa bir qator masalalar tahlil etildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube