25-noyabr kuni Xitoy madaniyat markazida Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi stipendiyasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Respublikaning barcha hududlaridan uzluksiz taʼlim tizimida xitoy tilini oʻrganuvchi talaba va oʻquvchilardan vakillar, ularning ustozlari ishtirok etishdi.
Tadbirda ishtirok etgan Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi janob Yu Jun nutq soʻzladi.
Shuningded, tadbirda OʻzDJTU Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor Abduraxim Nasirov, Xitoy filologiyasi kafedrasi oʻqituvchilari va sovrindor talabalar ishtirok etishdi.
Har yili oʻtkazilishi anʼanaga aylangan ushbu tadbirda 17 nafar talabalarimiz sovrindor boʻlishga muvaffaq boʻlishdi. Ularning har biriga elchi tomonidan sertifikat hamda 4.000.000 soʻmdan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.