3-mart kuni  O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorat binosi hamda ZOOM onlayn platformasi orqali Dissertatsiya ishlari ilmiy seminarining navbatdagi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Unda Fozilov Mirvoxid Mirsultonovichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “E.S. Tompson asarlari tarjimalarida zoonimlarning verbalizatsiyalashuvi (o‘zbek va ingliz tillaridagi materiallar asosida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Ilmiy seminar davomida tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati atroflicha tahlil etildi. Tadqiqotchining o‘zbek va ingliz tillaridagi badiiy matnlar asosida olib borgan ilmiy izlanishlari, zoonimlarning tarjimada verbal ifodalanish xususiyatlariga oid xulosalari mutaxassislar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.

Shuningdek, taqrizchilar tomonidan dissertatsiya yuzasidan asosli taqriz va takliflar bildirildi.

Muhokama yakunida dissertatsiya ishi ilmiy jihatdan pishiq, dolzarb va ixtisoslik talablariga mos ekani ta’kidlanib, uni keyingi bosqichga tavsiya etish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube