30-yanvar kuni Cambridge University Press & Assessment tashkilotining Markaziy Osiyo va Amerika davlatlarida ta’lim islohotlari bo‘limi boshlig‘i Stiv King O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonni universitet rektori I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, O‘zDJTU qoshidagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori J. Abduganiyeva hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi uslubchisi M. Ogay kutib oldi.

Uchrashuv davomida Stiv King O‘zbekiston haqida anchadan beri xabardor ekanini, bir necha yildan buyon Cambridge University Press & Assessment hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida mustahkam hamkorlik ko‘prigini yaratib kelayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u Birinchi Renessans davri allomalari bo‘lmaganida, Cambridge universitetining ham shakllanishi mushkul bo‘lgan bo‘lardi, deya bobokalonlarimiz ilmiy merosiga yuksak baho berdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘qituvchilar va xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan almashinuv dasturlarini tashkil etish masalasini muhokama qildilar hamda ushbu yo‘nalishda qadam-baqadam rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Uchrashuv yakunida O‘zDJTU va Cambridge University Press & Assessment o‘rtasida, shuningdek, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Cambridge University Press & Assessment o‘rtasida alohida ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube