Ahmad Yassaviy universiteti bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda.

Joriy yilning 18-iyun kuni OʻzDJTUning xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori prof. A.Nasirov boshchiligida universitet vakillari Qozogʻistonning Turkiston shahridagi Xoʻja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universitetida uchrashuv oʻtqazishdi. 

Uchrashuv OʻzDJTU rektori I.M.Toʻxtasinov hamda Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universiteti rektori J.A.Temirbekova tomonidan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida boʻlib oʻtdi. Uchrashuv qatnashchilari prof A.Nasirov, dos D.Muitovlar universitetlararo Ilmiy-tadqiqot, oʻquv, taʼlim va ijtimoiy-madaniy faoliyat sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida bir qator masalalar haqida fikrlashib oldilar.

Jumladan: 

- bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar almashinuvi;

-professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarni qisqa va uzoq muddatli amaliyot oʻtash uchun almashish;

-professor-oʻqituvchilarni jalb qilgan holda qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borish, Yerazmus loyihalarida birga ishtirok etish, maʼruzalar oʻqish uchun tomonlar vakillarini taklif etish;

-tomonlar professor-oʻqituvchilari orasidan doktorantlar uchun yordamchi rahbarlarni tayinlash;

-oʻzaro manfaatdor boʻlgan sohalarda yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar va mutaxassislarni tayyorlashda hamkorlik qilish;

- oʻquv-uslubiy ishlar, oʻquv rejalari va dasturlari, oʻtkazilayotgan tadbirlar boʻyicha tajriba va axborot almashish;

- qoʻshma ilmiy va oʻquv nashrlarini tashkil etish;

Tashrif doirasida OʻzDJTU vakillariga Xalqaro Qozoq-Turk universiteti tarixi va hayoti, unda olib borilayotgan bugungi zamonaviy taʼlim islohotlari, talabalar hayoti va uning kontingenti, shuningdek, fakultetlar kesimida tayyorlanayotgan mutaxassislik yoʻnalishlari haqida maʼlumotlar berildi. Bundan tashqari, Universitet kutubxonasi, ilmiy va xorijiy masalalar boʻyicha departament faoliyati bilan ham tanishildi. Uchrashuvda turkiyalik pedagog va rahbar xodimlar bilan ham muloqotlar oʻtqazildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube