OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinovning universitetda faoliyat olib borayotgan xorijlik professor-oʻqituvchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda.
Bugun universitet rahbariyati Janubiy Koreyalik oʻqituvchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Koreys tili nazariyasi va amaliyoti kafedra mudiri Ji Moon Gun va korelik oʻqituvchilar ushbu uchrashuvda ishtirok etdi.
Uchrashuvda universitetimizda til oʻqitish, oʻqituvchilar malakasini oshirish, talabalarga yangi va zamonaviy darsliklar asosida bilim berish, xalqaro aloqalarni yana ham mustahkamlash mavzularida muhokamalar olib borildi.
Koreyalik mutaxassisilar oʻzlarining taklif va xulosalarini berib oʻtdi. Yakunda samarali kelishuvlarga erishildi.