Chim ustida xokkey: “Vazir kubogi” doirasida seminar-trening tashkil etildi
Bugun, 8-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oliy ta’lim muassasalari talaba qizlari ishtirokida chim ustida xokkey sport turi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi v.b., dotsent (PhD) Yaxshiyeva Mexrinigor Shavkatovna tomonidan o‘tkazilgan taqdimotda qatnashchilarga xokkey sportining kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, asosiy qoidalari hamda amaliy jarayondagi muhim jihatlar keng yoritib berildi.
Tadbir davomida jamoa a’zolari faol qatnashib, o‘yinning nazariy asoslari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham o‘zlashtirdilar. Mazkur seminar-trening ishtirokchilarning kelgusidagi sport musobaqalarida samarali ishtirok etishlari uchun muhim tayyorgarlik vazifasini o‘tadi.
