Dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

20-fevral kuni soat 10:00 da 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak o‘qituvchilarda rus tili bo‘yicha kasbiy kompetentlikni platforma yordamida takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyaning ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir an’anaviy hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

 

 

Muhokamada rasmiy opponentlar ishtirok etib, tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Dissertatsiyada ilgari surilgan nazariy va metodik yondashuvlar atroflicha tahlil qilindi.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga izlanuvchi tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi hamda ilmiy ishni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube