"Dolzarb 90 kun" dasturi doirasidagi dasturlar davom etadi
2025-yil 4-iyul kuni OʻzDJTU Umumiy tilshunoslik kafedrasi professor- o‘qituvchilari I. Umirov, F. Yuldashev, M. Sharipova, D. Xoʻjayev tomonidan Toshkent shahar Uchtepa tumani 229-maktabda interaktiv usullarga yondashgan holda davra suhbat tashkil etildi.
Dastur “Besh tashabbus – milliy harakatimiz asosi: kitobxonlik va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish” mavzusida boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida oʻqituvchilar "Dolzarb 90 kun" dasturi asosida maktabda tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyatini oʻrgandilar va oʻquvchilarning savollariga javob bergan holda "Besh muhim tashabbus" ning asosiy yoʻnalishlari va uning yoshlar kelajagi bilan bogʻliq jihatlari haqida batafsil toʻxtalib oʻtdilar.
Tadbir ijobiy va qizgʻin muhitda tashkil etildi. Umumiy tilshunoslik kafedrasi professor-oʻqituvchilari bunday tashabbuslarni kelgusida yanada davom ettirishni rejalashtirgan.
Mazkur tadbir yosh avlodni milliy an’analar, axloqiy me’yorlar va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.