O‘zDJTUda ekologik ongni rivojlantirishga bag‘ishlangan “Ekotafakkur sari: Tanho Qayiq” tadbiri bo‘lib o‘tdi

2025-yil — Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” iqtisodiyot yili munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Globus teatr-studiyasi tomonidan “Ekotafakkur sari: Tanho Qayiq” nomli teatrlashtirilgan ijodiy tadbir tashkil etildi. Tadbir Ingliz filologiyasi fakulteti Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamkorligida o‘tkazildi.

Dasturda faxriy mehmonlar sifatida Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda mamlakatimizning taniqli shoiri Erkin Bozorov ishtirok etdi.

Tadbirning maqsadi — yoshlar ongida ekologik tafakkurni rivojlantirish, adabiyot va teatr orqali tabiatga bo‘lgan mas’uliyatni kuchaytirish, shuningdek, Orolbo‘yi ekologik inqirozini badiiy talqin asosida yoritishdan iborat bo‘ldi.

Turli sahnaviy chiqishlar, iste’dodli talabalarning kreativ ijod namunalari, shuningdek, Erkin Bozorov tomonidan ijro etilgan she’rlar tadbirga oʻzgacha shukuh baxsh etdi. Dastur barcha tomoshabinlarda ajoyib taassurot qoldirdi hamda aholini tabiatni asrashga undash uchun ajoyib eslatma boʻlib xizmat qildi. 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube