- 2024-04-23 03-13
2024-yil 18 may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida «Qiyosiy tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari va ularni o‘qitishdagi zamonaviy texnologiyalar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi. Ushbu konferensiya ingliz va o’zbek tilshunosligining dolzarb muammolariga bagishlangan.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida qatnashishga xorijiy davlatlar va respublikamiz professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, ilmiy xodim va izlanuvchilari hamda iqtidorli talabalari va magistrantlari taklif etiladi. Dastur va tezislar to‘plami anjuman otgandan so’ng chop etiladi.
Anjumanda muhokama qilinadigan yo‘nalishlar:
Sho‘ba: Qiyosiy va chogishtirma tilshunoslikning dolzarb muammolari
Sho‘ba: Chet tillarini oqitishda intefaol metodlarning ahamiyati
Sho‘ba: Chet tillarni oʼqitishda qiyosiy tilshunoslikning o’rni
Sho‘ba: Tilshunoslikning lingvomadaniyatshunoslik va lingvopragmatika bilan bogliqligi
Sho‘ba: Tarjima nazariyasi va amaliyotini o‘qitish metodikasi
Sho‘ba: Qiyosiy adabiyotshunoslikning badiiy tarjimada aks etishi
Anjumanda ishtirok etish uchun tezislar 2024-yilning 16-may kuniga qadar qabul qilinadi. Anjuman qatnashuvchilari Sertifikat bilan taqdirlanadi. Konferentsiya materiallari Google Scholar xalqaro ma'lumotlar bazasida indekslanadi.
Taqdim etiladigan anjuman tezislariga qo‘yiladigan talablar:
Tezislar Jahon tillari konferensiya telegram gruppasi orqali yuborilishi lozim (Word formatida fayl–birinchi muallifning familiyasi, masalan: «nabiev.doc»). Tezisda annotasiya va kalit so’zlar maqola berilgan tilda bo’lishi talab qilinadi. Anjuman qatnashchisining talabnomasi (zayavka)ni taqdim etish majburiy hisoblanadi. Tezis va talabnoma ikkita fayl qilinib, bitta xatda yuborilishi kerak.
Taqdim etilayotgan tezis Times New Roman tahririda 14-shriftda 3-5-bet bo‘lgan xajmda A4 formatda rasmiylashtiriladi. Qog‘ozning xoshiyalaridagi o‘lchamlari: chapdan – 2,5 sm, o‘ngdan - 2,0 sm, yuqoridan – 2,5 sm va pastdan – 2 sm. Satr boshi uchun 1,0 sm qoldiriladi. Matn eni bo‘yicha tekislangan bo‘lishi kerak. Qatorlar orasida 1,5 interval.
Maqolaning nomi markazga qoraytirilgan shrift bilan yoziladi. Keyingi qator o‘tkazib yuboriladi. Keyingi satrdan muallifning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni yoziladi. Ularning ostiga qator qoldirmasdan kichik harflarda tashkilotning to‘liq nomi, shahri, davlati yoziladi. Keyingi qator o‘tkazib yuboriladi va navbatdagi qatordan maqolaning matni yoziladi.
Manbalarga havolalar asosiy matn ichida [1] ko‘rinishda bo‘lishi lozim (namunaga qarang).
Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz.
N A M U N A TEZISNING NOMI
Muallifning familiya, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni
tashkilot nomi, shahar
Kirish
Asosiy matn
Xulosa
Adabiyotlar ro‘yxati
1. Muallif. Manba nomi. Nashr qilingan joyi, nashr qilingan yili
Anjuman qatnashchisining talabnomasi (zayavka)ning namunasi:
Familiya, ism, sharifi (to‘liq)
Ilmiy darajasi va unvoni
Ish joyi, lavozimi
Anjuman yo‘nalishi (seksiya) raqami
Tezisning nomi
Telefon
@mail
DIQQAT!
Xalqaro anjumanida ishtirok etish uchun tezis va talabnomalar 2024-yilning 16-may kuni yakuniga qadar qabul qilinadi.
Tashkiliy qo‘mita ilmiy tezislarni tanlab olish huquqiga ega.
Faqat tahririyat a’zolari tomonidan nashrga tavsiya etilgan mualliflarning tezislari chop etiladi.
Talablarga javob bermaydigan tezislar qabul qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Tezislarning har bir beti uchun 35 000 so’mdan to’lov mavjud. Talabalar uchun alohida chegirmalar mavjud. Maqolalarning mazmuni va to'g'riligi uchun mualliflar javobgardir. Plastik karta raqami: 9860 0201 1647 3966
Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Ingliz filologiyasi fakulteti binosi.
Anjuman o‘tkazish uchun mas’ullar: O’zDJTU, Ingliz filologiyasi fakulteti
Ingliz tilini o’qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri
Qo’ldosheva Shahnoza Akramovna va kafedraning azolari.
Telefon: +998 (90) 9514685; +998 (90) 2693721
Maqolalarni quyidagi Jahon tillari- xalqaro ilmiy konferensiya (Ushbu link orgali telegram gruppamizga ulanishingiz mumkin https://t.me/+ND9elEbw4DhhNjE6) telegram orqali yuborishingiz mumkin.
Telegram: +998(90) 2693721