ERTA TURMUŞ — KELAJAKKA BEFARQ BÖLMASLIK KERAK!
Rus filologiyasi fakultetida talaba-qizlar örtasida erta turmuşning oldini oliş, uning salbiy oqibatlari haqida tuşunça beriş hamda reproduktiv salomatlikni asraşga qaratilgan ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbir fakultet IPMBIB mutaxassisi I. Sa’diyeva, xotin-qizlar masalalari böyica dekan maslahatçisi G. Nişonova hamda fakultet tyutori D. Izzatullayeva taşabbusi bilan universitet oliy toifali şifokori Zilola Azimboyeva iştirökida ötkazildi.
Suhbat davomida erta turmuşning qizlar salomatligiga ta’siri, erta homiladorlik bilan boğliq tibbiy xavf-xatarlar, uning ruhiy va ijtimoiy oqibatlari haqida batafsil tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, oilaviy hayotga tayyorgarlik, ta’lim oliş va kelajakni ongli ravişda rejalaştirişning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga şifokor tomonidan batafsil javob oldilar.
2026-11-04 09-08