Dissertatsiya ishining himoyasi 2026-yil 10-dekabr kuni soat 11:00 da oflayn va ZOOM onlayn platforma orqali bo‘lib o‘tadi
Kun tartibi:
Saidxodjaeva Mehrixon Raxmat qizining 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Ispan, rus va o‘zbek tillaridagi shaxs nomlarining tadqiqi (qon-qarindoshlik leksemalari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining himoyasi.
Ilmiy rahbar:
Qulmamatov Do‘smamat Sattarovich – filologiya fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar:
Axmedov Oybek Saporbayevich – filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Shamaxmudova Aziza Furqatovna – filologiya fanlari doktori (DSc), professor