2026-yil 3-fevral kuni Tarjimonlik fakulteti huzuridagi Tarjimashunoslik ilmiy tadqiqot institutida kengaytirilgan kafedra kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda 10.00.06 — qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

 

 

 

Dissertatsiya mavzusi — “Badiiy matn tarjimasida leksik transformatsiyalarning kommunikativ xususiyatlari (ingliz tilidan o‘zbek tiliga badiiy tarjimalar misolida)”. Dissertatsiya muallifi — Sotiboldiyeva Gulcharos Murat qizi. Ilmiy rahbar — Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.

Muhokamada taqrizchilar Abdullayeva Shohida Norqulovna va Azzamov Yusuf Rajabboyevich, shuningdek, ekspert Bahtiyarov Muxtorjon Yakubovich ishtirok etdi.

 

 

Ilmiy muhokama an’anaviy va ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etilib, dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati yuzasidan mutaxassislarning xulosa va tavsiyalari bildirildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube