O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2024-yil 10-avgustdagi 166/xb buyrug’iga asosan oliygohning 11 nafar professor-o‘qituvchilari 2024-yil 30-sentabrdan 12-oktabrga qadar dunyo reytinglarida yuqori o‘rinlarda bo‘lgan Finlandiya va Shvetsiya ta’lim muassasalarida malaka oshirib qaytgani haqida xabar bergan edik.
22-oktabr kuni mazkur 11 nafar professor-oʻqituvchilar ishtirokida “Finlandiya va O‘zbekiston ta’lim tizimi: qiyosiy tahlil va imkoniyatlar” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.
Xorijiy malaka oshirish jarayonida orttirilgan tajribalar asosida universiyetetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, f.f.f.d., dotsent O.Yusupov, Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, p.f.d., professor D.Djurayev, p.f.d. hamda professor N.Isakulova tomonidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’limi bilan hamkorlikda boʻlib oʻtgan seminarda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’limi boshlig’i f.f.d., dotsent K.Muratkasimova, TD., MI., doktorantlar, Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari va boshqa qiziquvchilar ishtirok etishdi.
Ilmiy seminarda ma’ruzachilar tomonidan O‘zbekiston va Finlandiya ta’lim tizimining o‘xshash hamda farqli jihatlari qiyosiy tahlil etildi.
Fin ta’limi tajribalaridan universitet ta’lim jarayoniga tatbiq etish imkoniyatlari bo‘yicha fikrlar almashildi, chet tillarni o‘rganish bo‘yicha xorijiy tajribalar, o‘qitish metodikalari muhokama qilindi, mustaqil ta’lim tashkil etishda ta’lim oluvchi va o‘qituvchi imkoniyatlari bayon etildi.
Shuningdek, “Universitet 3:0” konsepsiyasi amaliyoti tajribalaridan misollar keltirildi. “Dunyo uch missiya nigohida” loyihasida ishtirok etgan 11 ta Finlandiya universitetlari reytingi bilan tanishtirildi.