“Giyohvandlik — umr zavoli” shiori ostida teatr
Bugun Ingliz filologiyasi fakultetida 2217-guruh talabasi Sevinch Keldiyorova boshchiligidagi talabalar teatr studiyasi tomonidan “Giyohvandlik — umr zavoli” shiori ostida sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining PF-207-son Farmoni 1-ilovasiga tegishli farmoyishiga asosan tashkil etilib, unda yoshlar o‘rtasida giyohvandlik illatlarining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash maqsad qilingan.
Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilar faol qatnashdi
Talabalar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi va dolzarb ijtimoiy muammoga befarq bo‘lmaslikka undadi.
