10-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Prezident Administratsiyasi huzuridagi “Interforum” tashkiloti rahbarlari – Konstantin Galota va Nozima Asqarova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti uchun BMT tillari, shuningdek nemis va turk tillari bo‘yicha sinxron tarjimonlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov universitetning tarjimonlar tayyorlash borasidagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi va Interforum tashkiloti bilan yaqin hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Muhokamalar chog‘ida quyidagi masalalar kelishib olindi:

 BMT va boshqa xorijiy tillar bo‘yicha sinxron tarjimonlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
Tarjimonlik fakulteti talabalari uchun maxsus kurslar va seminarlar tashkil etish;
 Talabalarni xalqaro anjuman va sammitlarda amaliyot o‘tash imkoniyati bilan ta’minlash;
 Jarayonga xorijiy oliy ta’lim muassasalari va mutaxassislarini jalb qilish.

Har ikkala tomon mazkur vazifani amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlardan to‘liq foydalanish zarurligini ta’kidladi. Kurslarning o‘quv reja va dasturlari, tashkiliy va moliyaviy masalalar bo‘yicha Tarjimonlik fakulteti rahbarlari bilan ishchi tartibda muhokamalar olib borilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Amaliyotchi:Ochildiyeva O'g'iloy

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube