15-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Foundation Course” o‘quv kursining rasmiy taqdimoti hamda hamkor ta’lim tashkilotlari bilan Memorandum imzolash marosimi universitetning Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i F. Musaeva hamda hamkor tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida kursning maqsad va vazifalari, ichki strategiyasi va bo‘lajak talabalarni oliy ta’limga tayyorlashdagi ahamiyati batafsil yoritildi. “Foundation Course” talabalarni akademik bilimlarini mustahkamlash, chet tillarini chuqur o‘rganish va amaliy qo‘llash, raqamli savodxonlikni rivojlantirish hamda zamonaviy mehnat bozorida muhim bo‘lgan universal kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, xorijiy xalqaro sertifikatlar (IELTS, CEFR va boshqa) talablari asosida tizimli tayyorgarlik ham ta’minlanadi.

Akademik hamkorlikni rivojlantirish maqsadida quyidagi ta’lim muassasalari bilan Hamkorlik Memorandumlari imzolandi:

 • Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, direktori S. Bektemirov
 • Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, direktori I.M. Abdugapparov
 • Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, direktori Z.N. Anvarovna
 • Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, direktori Sh. Shodmonqulova
 • Xitoy tilini o‘qitishga ixtisoslashgan “Nihao” o‘quv markazi, rahbari J.N. Abdulhakimov

Mazkur hamkorlik doirasida bitiruvchilarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

 • akademik bilimlarni mustahkamlash,
 • chet tillarini chuqur o‘rganish va amaliy qo‘llash,
 • raqamli savodxonlikni rivojlantirish,
 • zamonaviy mehnat bozorida muhim bo‘lgan universal kompetensiyalarni shakllantirish,
 • shuningdek, xorijiy xalqaro sertifikatlar (IELTS, CEFR va boshqa) talablari asosida tizimli tayyorgarlik tashkil etiladi.

Imzolangan memorandum kelgusida qo‘shma ta’lim loyihalari, malakali mutaxassislar ishtirokida mashg‘ulotlar, maslahatlar hamda bitiruvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube