3-iyul kuni Toshkent shahridagi Webster universitetida  mamlakatimizning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tantanali ochilish marosimidan keyin tashkilotchilar tomonidan uch tomonlama shartnoma tafsilotlari qisqacha tushuntirib oʻtildi. 

Shundan soʻng, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakili —Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor Abduraxim Nasirov ishtirokida Webster universiteti bilan ikki tomonlama shartnoma imzoladi. 

Shartnomaga muvofiq, universitetlar magistratura va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida  talabalarni o'qitish boyicha  kelishuvga erishildi.

Tadbir yakunida Webster universiteti boʻylab press-tur tashkil etildi. Mehmonlar universitetning ichki tuzilmalari, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona, media studiyasi, sport zallari bilan yaqindan tanishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube