Ingliz tili 1-fakultetida "Siyosiy ma’rifat soati"
Joriy yilning 3-oktabr kuni Ingliz tili 1-fakultetida navbatdagi “Siyosiy ma’rifat soati” fakultet kengashi a'zolari, professor-o'qituvchilar va tyutorlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ularning ahamiyati keng yoritildi.
Shuningdek, yurtimizda ro‘y berayotgan eng muhim ijtimoiy-siyosiy yangiliklar haqida ma’lumot berildi, ma’naviy-ma’rifiy mazmunga ega videoroliklar namoyish etildi.
Ushbu tadbir, avvalo, professor-o‘qituvchilar va fakultet xodimlarining siyosiy savodxonligini oshirish, ularda mamlakat taraqqiyoti jarayonlariga nisbatan faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi!!