Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universiteti Angren fakulteti dekani I.Bazarov hamda fakultet tyutori S.Manazarovlar tomonidan talabalar bilan ochiq muloqat oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida talabalarning umumiy holati, oʻquv jarayonidagi faolligi hamda qishgi taʼtil munosabati bilan uyga ketish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etish masalalari yuzasidan atroflicha soʻz yuritildi.

Shuningdek, yoʻl harakati xavfsizligi, favqulodda holatlarning oldini olish, shaxsiy va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida zarur tavsiyalar berildi. Talabalarga taʼtil davrini mazmunli va xavfsiz oʻtkazish, belgilangan qoidalarga amal qilish muhimligi alohida taʼkidlandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube