Joriy yilning 10-aprel kuni OʻzDJTU 3-bosqich talabalari bilan “Sport va sog‘lom turmush tarzi” mavzusi asosida toʻgarak tashkil etildi.
Dastur davomida sport va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida suhbat o‘tkazildi. A’zolar o‘z fikrlari bilan bo‘lishdilar. Sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik va yomon odatlardan voz kechish masalalari muhokama qilindi.
Yakunda to‘garak rahbari tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Keyingi uchrashuvda bu mavzu asosida taqdimotlar qilish belgilandi.