“KELAJAKKA YÖL — XORIJIY TILLAR BILAN”: ÖZDJTU VA UMUMTA’LIM MAKTABLARI HAMKORLIGINING YANGI BOSQIÇI
Xorijiy tillarni maktab yoşidan çuqur örganiş, zamonaviy ta’lim metodikalarini amaliyotga joriy etiş va yoşlarning kelajakdagi ta’lim hamda kasbiy imkoniyatlarini kengaytiriş. Özbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan amalga oşirilayotgan “Kelajakka yöl — xorijiy tillar bilan” taşabbusining asosiy maqsadi ana şulardan iborat.
Bugungi kunda xorijiy tillarni biliş yoşlarning sifatli ta’lim olişi, xalqaro ta’lim dasturlarida iştirok etişi va kelajakda mehnat bozorida öz örnini topişida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Şu nuqtayi nazardan, maktab öquvçilarining til örganişga bölgan qiziqişini erta bosqiçdan şakllantiriş, ularning nazariy bilimlarini amaliy könikmalar bilan mustahkamlaş hamda zamonaviy öqitiş usullaridan foydalaniş uçun zarur şaroitlarni yaratiş dolzarb vazifalardan biridir.
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan ilgari surilgan “Kelajakka yöl — xorijiy tillar bilan” taşabbusi aynan şu maqsadlarga qaratilgan. Taşabbus doirasida Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi umumta’lim maktablarida Xorijiy tillarni rivojlantiriş va öqitiş markazlari taşkil etilmoqda. Bu orqali maktab va oliy ta’lim örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, universitetning ilmiy-metodik salohiyatini maktab ta’limiga yönaltiriş hamda öquvçilar uçun qöşimça ta’lim imkoniyatlarini yaratiş közda tutilgan.

Yangi markazlar — yangi imkoniyatlar
2026-yil 21–22-oktabr kunlari taşabbus doirasida bir qator umumta’lim maktablarida Xorijiy tillarni rivojlantiriş va öqitiş markazlari oçildi.
Jumladan, 21-oktabr kuni Toşkent şahrining Çilonzor tumanidagi 280-maktab, Şayxontohur tumanidagi 41-maktab hamda Sergeli tumanidagi 277-maktabda yangi markazlar faoliyati yölga qöyildi. 22-oktabr kuni esa Uçtepa tumanidagi 81-maktab, Parkent tumanidagi ixtisoslaştirilgan maktab va 20-maktabda markazlarning oçiliş marosimlari bölib ötdi.
Tadbirlarda Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov boşçiligidagi universitet vakillari, maktab rahbarlari, pedagoglar va boşqa mutasaddilar iştirok etdi.

Oçiliş marosimlarida xorijiy tillarni puxta egallaşning yoşlar hayotidagi örni, öquvçilarning til bilimi va muloqot könikmalarini rivojlantiriş, zamonaviy pedagogik yondaşuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yangi ta’mirlangan va zamonaviy jihozlangan öquv xonalari öquvçilarning xorijiy tillarni örganişi, amaliy maşğulotlarda qatnaşişi va egallagan bilimlarini mustahkamlaşi uçun möljallangan. Markazlar faoliyatini yölga qöyiş orqali til örganiş jarayonini faqat darslik bilan çeklab qolmasdan, özaro muloqot, mustaqil ta’lim va interfaol maşğulotlar bilan boyitiş imkoniyati yaratilmoqda.

Ta’lim sifati va amaliy könikmalar — ustuvor yönaliş
Taşabbusning muhim jihatlaridan biri — xorijiy tillarni öqitişda zamonaviy metodikalarni keng qöllaşdir. Markazlarda maktab öquvçilarining yoş xususiyatlari va bilim darajasini inobatga olgan holda, ularning til örganişga bölgan qiziqişini oşiriş, oğzaki va yozma nutqini rivojlantiriş, muloqot könikmalarini şakllantiriş hamda mustaqil bilim olişga rağbatlantirişga e’tibor qaratiladi.
Oçiliş marosimlari davomida universitet va maktablardan jalb etilgan volontyorlar bilan tanişuv uçraşuvlari ham taşkil etildi. Ularda volontyorlar öz faoliyatlari, öquv rejalari va xorijiy tillarni örgatişda qöllaniladigan innovatsion metodikalar haqida ma’lumot berdilar.
Volontyorlarning ta’lim jarayoniga jalb etilişi öquvçilarning xorijiy tillarda muloqot qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, yangi öquv usullari bilan taniştiriş va til örganişga bölgan motivatsiyasini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda. Şu bilan birga, bunday hamkorlik universitet talabalari uçun ham öz bilimlarini amaliyotda qöllaş va pedagogik tajriba orttiriş imkoniyatini yaratadi.
Yana bir muhim jihat — markazlar faoliyatini öquv adabiyotlari bilan taʼminlaşdir. Universitet tomonidan maktablarga xalqaro öquv adabiyotlari, işçi daftarlar va zamonaviy öquv qöllanmalaridan iborat kitoblar töplamlari sovğa qilindi. Uşbu adabiyotlar öquvçilarning bilim doirasini kengaytiriş, mustaqil taʼlim olişini qöllab-quvvatlaş va xorijiy tillarni özlaştiriş samaradorligini oşirişga qaratilgan.

Memorandum va şartnomalar — hamkorlikning huquqiy asosi
Taşabbus doirasidagi işlar faqat yangi markazlar oçilişi bilan çeklanmaydi. Taʼlim muassasalari örtasidagi hamkorlikni tizimli yölga qöyiş va uning istiqbolli yönalişlarini belgilaş maqsadida tegişli hujjatlar ham imzolandi.
Xususan, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti va Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Parkent tumani ixtisoslaştirilgan maktabi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatni universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov hamda maktab direktori Nabijon Erkinoviç Yunusov imzoladilar.
Memorandumda taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini taʼminlaş, öquv-uslubiy hamda ilmiy-tadqiqot yönalişlarida tajriba almaşiş, ilmiy-metodik seminarlar va maʼrifiy tadbirlar taşkil etiş, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni taʼlim jarayoniga joriy qiliş hamda öquvçilar uçun qöşimça taʼlim imkoniyatlarini yaratiş kabi yönalişlar belgilangan. Şuningdek, öquvçilar va pedagoglarning xorijiy tillar böyiça bilimlarini çuqurlaştiriş, xalqaro sertifikatlarga tayyorlaş va ilğor öquv-uslubiy adabiyotlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga eʼtibor qaratiladi.
Bundan taşqari, universitet va Parkent tumanidagi 20-sonli umumiy örta taʼlim maktabi örtasida hamkorlik şartnomasi imzolandi. Hujjat universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov hamda maktab direktori Lola Atxamboyevna Agzamova tomonidan imzolandi.

Şartnomada oliy va maktab taʼlimi örtasidagi uzviylikni taʼminlaş, öquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot yönalişlarida tajriba almaşiş, ilmiy-metodik seminarlar va maʼrifiy tadbirlar ötkaziş, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etiş hamda maktabda zamonaviy öquv markazi faoliyatini yölga qöyiş nazarda tutilgan.
Hamkorlikning alohida yönalişlaridan biri öquvçilar va pedagoglarni xorijiy tillar böyiça bilimlarini çuqurlaştiriş hamda C1 darajasidagi milliy yoki unga tenglaştirilgan xalqaro sertifikatlarga tayyorlaş kurslarini taşkil etişdan iborat. Bu esa öquvçilarning til bilimi darajasini oşiriş, kelgusidagi taʼlim bosqiçlariga tayyorgarligini kuçaytiriş va pedagoglarning kasbiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaş uçun muhim imkoniyatdir.
Şu tariqa, yangi markazlar taşkil etilişi, öquv adabiyotlari bilan taʼminlaş va hamkorlik hujjatlarining imzolanişi özaro boğliq jarayonlar bölib, taşabbusni amaliy mazmun bilan boyitadi. Markazlar taʼlim uçun zarur muhitni yaratsa, memorandum va şartnomalar hamkorlikni rivojlantiriş, tajriba almaşiş va belgilangan vazifalarni izçil amalga oşiriş uçun asos bölib xizmat qiladi.
Maktab va universitet örtasidagi uzviylik
Mazkur taşabbusning yana bir muhim tomoni — maktab taʼlimi va oliy taʼlim örtasidagi uzviylikni kuçaytirişdir. Odatda, öquvçilar xorijiy tillarni maktabda örganiş bilan birga, oliy taʼlim bosqiçida uşbu bilimlarini çuqurlaştirişga intiladilar. Universitet va maktablar örtasidagi hamkorlik esa bu ikki bosqiçni bir-biriga yaqinlaştiriş, öquvçilarga oliy taʼlim muhiti va imkoniyatlari haqida ertaroq tasavvur beriş imkonini yaratadi.
Özbekiston davlat jahon tillari universitetining ilmiy-metodik tajribasi, öqituvçilari va talabalari salohiyatini maktab taʼlimiga yönaltiriş orqali öquvçilarning til örganiş jarayonini yanada mazmunli taşkil etiş mumkin. Şu bilan birga, maktab pedagoglari va universitet mutaxassislari örtasidagi tajriba almaşinuvi taʼlim sifatini oşirişga qaratilgan yangi yondaşuvlarni işlab çiqiş uçun zamin yaratadi.
Markazlarning faoliyati kelgusida öquvçilarning xorijiy tillar böyiça bilimlarini mustahkamlaş, xalqaro va milliy sertifikatlarga tayyorgarlik köriş, taʼlim dasturlaridan samarali foydalaniş hamda kasb tanlaşda zarur böladigan til könikmalarini şakllantirişga yordam berişi kutilmoqda.

Kelajak uçun yaratilayotgan imkoniyatlar
«Kelajakka yöl — xorijiy tillar bilan» taşabbusi doirasida taşkil etilayotgan markazlar, taʼlim muassasalari örtasida imzolangan hamkorlik hujjatlari, zamonaviy öquv adabiyotlari va volontyorlar iştiroki yagona maqsadga — yoşlarning xorijiy tillarni puxta egallaşi uçun qulay taʼlim muhitini şakllantirişga qaratilgan.
Taşabbusning natijadorligi markazlarda maşğulotlarning muntazam taşkil etilişi, öquvçilarning til bilimi va amaliy könikmalaridagi özgarişlar, pedagoglarning metodik tajribasi hamda hamkorlik şartnomalarida belgilangan vazifalarning izçil bajarilişi bilan çambarças boğliq.
Şu maʼnoda, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti va umumtaʼlim maktablari örtasida yölga qöyilayotgan hamkorlik yoşlarning xorijiy tillarni örganiş imkoniyatlarini kengaytiriş, taʼlim bosqiçlari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş va kelajakdagi akademik hamda kasbiy rivojlanişiga zamin yaratişga qaratilgan izçil taşabbusdir.